Hech kim kutmagan daromad manbai: g‘iybatdan millionlar topmoqda

Kolumbiyada yashovchi 67 yoshli ayol qo'shnilar haqidagi g'iybat va mish-mishlarni yig'ib, ularni pullik ma'lumotga aylantirgan. U har kuni suhbatlarni tinglab, eshitganlarini bloknotiga yozadi, mahalladagi odamlarning fotosuratlarini yig'adi va ularning munosabatlarini aks ettiruvchi sxemalar tuzadi. Ayol yangi mish-mishlar uchun 15 mingdan 30 ming Kolumbiya pesosi, qimmatli ma'lumotlar uchun esa ko'proq haq oladi.
Kolumbiyada yashovchi 67 yoshli ayol oddiy g‘iybatni o‘ziga xos biznesga aylantirib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, u har kuni ertalab uyi oldiga chiqib, qo‘shnilar o‘rtasidagi suhbatlarni diqqat bilan tinglaydi va eshitganlarini maxsus bloknotiga qayd etib boradi. Shuningdek, mahalladagi odamlarning fotosuratlarini yig‘ib, kim kim bilan qanday munosabatda ekanini aks ettiruvchi sxemalar ham tuzadi.
Aytilishicha, ayol eng yangi mish-mishlar uchun 15 mingdan 30 ming Kolumbiya pesosi haq oladi, qimmatli ma’lumotlar uchun esa bundan ham ko‘proq haq so‘raydi.
Qizig‘i shundaki, ko‘p hollarda odamlar undan ma’lumot sotib olish emas, aksincha, uni oshkor qilmasligi uchun ko‘proq pul taklif qilishadi. Masalan, bir erkak xotiniga xiyonati haqida aytmasligi uchun ayolga qariyb 2,5 million Kolumbiya pesosi to‘lagani aytilmoqda.
Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otib, foydalanuvchilar tomonidan turlicha baholanmoqda. Ayrimlar buni g‘ayrioddiy biznes g‘oyasi deb atamoqda.






























Izohlar 0
…