Zohirshoh Jo‘rayevdan kutilgan premera: "Qaydasan" nomli klip taqdim etildi (video)

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev "Qaydasan" nomli yangi qo‘shig‘iga ishlangan klip premerasini e’lon qildi. Tarona sog‘inch, muhabbat, armon va umid mavzulariga bag‘ishlangan. Klip qo‘shiq mazmuniga mos voqealar asosida suratga olingan. Uning premerasi 7 avgust kuni soat 18:00 da Zohirshoh Jo‘rayevning Youtube kanalida namoyish etiladi.
Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev "Qaydasan" nomli yangi qo‘shig‘iga ishlangan klip premerasini e’lon qildi. Tarona sog‘inch, muhabbat, armon va umid mavzulariga bag‘ishlangan.
Qo‘shiq matnida inson qalbida saqlanib qoladigan kechinmalar, uzoqlik va sog‘inch tuyg‘ulari ifodalangan. Yangi klip ham taronaning mazmuniga mos voqealar asosida suratga olingan.
"Qaydasan" klipining premerasi 7 avgust kuni soat 18:00 da Zohirshoh Jo‘rayevning Youtube kanalida namoyish etilishi ma’lum qilingan.































Izohlar 0
…