To‘rt daqiqada 3000 yillik oltinlar o‘g‘irlandi

Ispaniyaning Villena shahrida o‘g‘rilar Bronza davriga oid mashhur «Villena xazinasi»ning katta qismini atigi to‘rt daqiqada o‘g‘irlab ketdi.
Hodisa 27 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Muzey signalizatsiyasi soat 5:20 da ishga tushgan, ammo o‘g‘rilar oradan to‘rt daqiqa o‘tib binoni tark etgan. Rasmiylar bosqinni juda tezkor va professional tarzda amalga oshirilgan, deb baholamoqda.
«Villena xazinasi» 1963 yilda arxeolog Hose Mariya Soler tomonidan topilgan bo‘lib, uning buyumlari qariyb 3000 yillik tarixga ega. Kolleksiya Bronza davriga oid Yevropadagi eng muhim oltin to‘plamlaridan biri hisoblanadi.
Ayrim buyumlar oltindan tashqari kumush va noyob meteorit temiridan ham yasalgan. O‘g‘irlangan xazinaning tarixiy qiymati esa pul bilan baholab bo‘lmaydi. Ayni paytda politsiya jinoyatchilarni va yo‘qolgan eksponatlarni qidirmoqda.






























Izohlar 0
…