400 dollarlik robot o‘rdak uyda yurib buyum tashiydi

Sun’iy intellekt sohasidagi Hugging Face jamoasi Microduck nomli g‘ayrioddiy robotni taqdim etdi. Kichik robot tashqi ko‘rinishi bilan o‘rdakni eslatadi va xona bo‘ylab mustaqil harakatlana oladi.
Microduck turli buyumlarni tumshug‘i orqali ko‘tarishi, yiqilgandan keyin qayta tura olishi va hatto rolikda uchishi mumkin. Robotga yangi harakatlar va turli «tryuk»larni ham o‘rgatish imkoniyati mavjud.
Uning bo‘yi 25 santimetr bo‘lib, ichiga 15 ta motor, kamera, LiDAR va harakatni kuzatuvchi sensorlar o‘rnatilgan. Microduck 800 grammgacha bo‘lgan yengil buyumlarni ko‘tarishi mumkin.
Robotning dastlabki narxi 399 dollar, ya’ni taxminan 400 dollarni tashkil etadi. Microduck ochiq kodli bo‘lib, foydalanuvchilar uni qayta dasturlab, yangi ko‘nikmalarni o‘rgatishi mumkin.
Kichik «aqlli o‘rdak»ning asosiy vazifasi og‘ir uy ishlarini bajarish emas, balki robototexnika va sun’iy intellekt bilan tajriba o‘tkazish uchun qiziqarli platforma bo‘lishdir.






























Izohlar 0
…