Mitsubishi bozorni zabt etmoqchi: Qanday yangi avtomobillar chiqariladi?

Yaponiyaning taniqli avtomobil ishlab chiqaruvchisi Mitsubishi global bozorda, xususan, Shimoliy Amerika segmentida o‘z mavqeini tubdan mustahkamlashga qaratilgan katta strategiyasini e’lon qildi. Kompaniyaning «Momentum 2030» rivojlanish dasturiga ko‘ra, brend 2027 yilga qadar AQSH bozoridagi modellari sonini hozirgi to‘rttadan oltitaga yetkazishni maqsad qilgan.
Yapon brendi an’anaviy ichki yonuv dvigatellaridan butunlay voz kechmagan holda, bozor talabiga mos ravishda gibrid va to‘liq elektr quvvat qurilmalarini parallel ravishda rivojlantirish yo‘lini tanladi.
2027 yilgi asosiy yangiliklar: Elektr krossover va ekstremal Outlander
Brend ixlosmandlarini yaqin yillarda bir qator kuchli premeralar kutmoqda:
Mitsubishi Eclipse Sportback EV (2027): Afsonaviy «Eclipse» nomi ostida to‘liq elektr tokida harakatlanuvchi zamonaviy kross-kupe taqdim etiladi. Ushbu model ekologik toza transport vositalari segmentida muhim o‘rin tutishi kutilmoqda;
Mitsubishi Outlander Trail Edition: Brendning eng ommabop flagmani bo‘lgan «Outlander» krossoverining haqiqiy yo‘ltanlamas (off-road) sharoitlariga moslashtirilgan, kuchaytirilgan maxsus versiyasi ishlab chiqilmoqda;
Nissan bilan yangi pikap: Mitsubishi yana pikaplar segmentiga qaytishga qaror qildi. Bu yo‘nalishda alyans bo‘yicha hamkor hisoblangan Nissan kompaniyasining tajribasi va platformasidan foydalanish ko‘zda tutilgan.


Afsonaviy Pajero jahon sahnasiga qaytmoqda!
Avtomobil ixlosmandlari uchun eng kutilgan xabarlardan biri sifatida Mitsubishi vakillari afsonaviy Pajero modelining qayta tiklanishini rasman tasdiqladi:
Global premera: Yangi avlod Pajero faqat bitta hudud uchun emas, balki butun jahon bozori uchun tayyorlanmoqda;
Taqdimot arafasida: Hozirda to‘liq o‘lchamli mazkur yo‘ltanlamasning yangilangan ko‘rinishi va texnik bazasi rasmiy namoyishga qizg‘in hozirlanmoqda.
































Izohlar 0
…