10:58 / 17.06.2017
6 759

Latviyadagi maktab direktori o‘quvchi va muallimlar qarshisida rus tilida so‘zlagani uchun jarimaga tortildi

Latviyadagi maktab direktori o‘quvchi va muallimlar qarshisida rus tilida so‘zlagani uchun jarimaga tortildi
Latviyadagi Liepay shahrida joylashgan 12- o‘rta maktab direktori Valeriy Episkoposov muallim va o‘quvchilar oldida oldin latish tilida so‘zladi. Keyin esa rus tilida so‘zlay boshladi. Chiqishidan so‘ng mamlakat davlat tili markazi direktorni katta miqdordagi jarimaga tortdi. O‘z o‘rnida direktor xatosini tan oldi. Jarimaga nisbatan norozilik bildirmadi.

Ma’lumki, Latviyada davlat tili sifatida faqat latish tili tan olinadi. Garchi mamlakat aholisining 40 foiz qismi rusiyzabon bo‘lsa-da, rus tili chet tillar qatoriga kiritilgan. Tez-tez markaz mutasaddilari maktablarda tekshirish ishlarini olib borishadi. Shu kunga qadar davlat tili talabini buzgan jami 50 dan ortiq maktab rahbarlari hamda muallimlari jarimaga tortilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latviyadagi maktab direktori o‘quvchi va muallimlar qarshisida rus tilida so‘zlagani uchun jarimaga tortildi