240 million yil avval yashagan sirli hayvon: uning qoldiqlari 60 yil muzeyda yotgan

Olimlar Tanzaniyada bundan qariyb 240 million yil avval yashagan, fanga noma’lum qadimgi hayvon turini aniqladi. Eng qizig‘i, uning ayrim qoldiqlari 1963 yilda topilgan bo‘lib, shundan beri muzeyda saqlanib kelgan.
Yangi turga Dinodontosaurus isiyavamanda deb nom berildi. U dinozavrlar qatoriga kirmaydi, balki sutemizuvchilarga qarindosh bo‘lgan qadimgi sinapsidlar guruhiga mansub o‘simlikxo‘r hayvon bo‘lgan.
Dinodontosaurus isiyavamanda qariyb 240 million yil avval yashagan.
Olimlar uning qoldiqlarini o‘rganish orqali qadimgi hayvonlarning evolyutsiyasi va tarqalishi haqidagi tasavvurlarni yanada kengaytirish imkoniga ega bo‘ldi.
Mazkur hayvonning qoldiqlari ilgari faqat Janubiy Amerikada topilgan edi. Tanzaniyadagi yangi aniqlangan namunalar esa Dinodontosaurus vakillari Afrika hududlarida ham yashaganini ko‘rsatmoqda. Topilmaning yana bir hayratlanarli jihati — ayrim qazilmalar 60 yildan ortiq vaqt davomida muzeyda saqlanib, yangi tadqiqotlar natijasida qayta o‘rganilganidir.
Bunday kashfiyotlar dinozavrlar paydo bo‘lishidan oldingi davrda yashagan hayvonlarning tarqalishi va evolyutsiyasini yaxshiroq tushunishga yordam berishi mumkin.































Izohlar 0
…