13:31 / 20.06.2017
6 026

Qirg‘izistondagi gaz quyish shoxobchasida portlash, 2 kishi tiriklayin yonib ketdi

Qirg‘izistondagi gaz quyish shoxobchasida portlash, 2 kishi tiriklayin yonib ketdi
Issiq-Ko‘l qirg‘og‘idagi yonilg‘i quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida ikki kishi, jumladan, yosh bola tiriklayin yonib ketdi. Hodisa tufayli yana sakkiz inson kuyish jarohatlarini olgan. Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati seshanba kuni xabar berdi, deyiladi Kun.uz nashrida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning Issiq-Ko‘l viloyati Ananevo qishlog‘idagi portlash kecha kechqurun, gazni boshqa joyga olib o‘tish vaqtida ro‘y bergan. Hammasi bo‘lib 10 kishi jabrlandi, ularning ikki nafari halok bo‘ldi.

"Ayni damda tuman kasalxonasi jonlantirish bo‘limida besh kishi qolmoqda, ularning ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Barchasida kuyish jarohatlari bor", - deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida yosh bola ham bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistondagi gaz quyish shoxobchasida portlash, 2 kishi tiriklayin yonib ketdi