Qozog‘istonda «Qurtafello» brendi paydo bo‘ldi

Janubiy Qozog‘iston viloyatida tadbirkor Aynash Ubaydullaeva «Qұrtafello» brendi ostida qurt savdosini yo‘lga qo‘ydi.
«Tengrinews.kz»ga asoslanib «Uz24.uz» yozishicha, tadbirkor qimizchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Internetdan xaridorlarni jalb etish yo‘llarini izlayotganda, «kurtafaello» nomiga ko‘zi tushgan. G‘oya yoqib qolgach, qimiz emas, qurt sotishni reja qilgan. Uning aytishicha, mamlakat ovullaridan keltiriladigan qurtlar juda shirin va shu bois brend yaratib, odamlarni qiziqtirishni maqsad qilgan. Tadbirkor qayd etishicha, bir o‘ram qurtning narxi 250 tengedan boshlanadi.
Xabarga ko‘ra, Aynash Ubaydullaevaning o‘zi grafik dizayn bilan ham shug‘ullanadi, shuning uchun yangi mahsulotning logotipini yaratishda qiyinchilikka duch kelmadi. Uning aytishicha, Raffaello brendidan da’vo bo‘lmaydi. Mualliflik huquqi bo‘yicha u mutaxassislar bilan maslahatlashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing