date

Yamanda amerikalik jurnalist terrorchilar tomonidan o‘ldirilgani tasdiqlandi

Yamanda amerikalik jurnalist terrorchilar tomonidan o‘ldirilgani tasdiqlandi

2013 yil sentyabr oyida Yamanning Sano shahrida xizmat safarida bo‘lib turgan amerikalik 33 yoshli fotojurnalist Lyuk Somers «Al Qoida» terroristik guruhining Yamandagi bo‘limi tomonidan olib qochilgan va garovda saqlab kelinayotgan edi, Bu haqida «lenta.ru»ga asoslanib «kun.uz» xabar bermoqda.

Noyabrning so‘nggi kunlarida AQSh harbiy kuchlari mahalliy harbiylar bilan hamkorlikda uni qutqarish uchun operasiya o‘tkazgan, ammo bu urinish muvaffaqiyatsiz chiqqan. Bu haqida 4-dekabr kuni Pentagon vakili Jon Kirbi ma’lum qilgan.
Jon Kirbining ma’lum qilishicha, garovdagi jurnalist tutib turilgani gumon qilingan joyga havodan ham, quruqlik orqali ham hujum qilingan, ammo bu joydan Lyuk Somersning na o‘ligi na tirigi topilmagan.

Bugun, 6-dekabr kuni OAVda chiqqan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jurnalist terrorchilar tomonidan qatl etilgan, uning singlisi Lyusa Somers buni tasdiqlaydi.

foto: Kun
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yamanda amerikalik jurnalist terrorchilar tomonidan o‘ldirilgani tasdiqlandi