15:05 / 28.06.2017
8 790

Dubay polisiyasi britaniyalik sayyohga umrbod qamoq jazosi tayinladi

Dubay polisiyasi britaniyalik sayyohga umrbod qamoq jazosi tayinladi
Britaniyalik sayyoh Dubay sudi tomonidan butun umrga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.

Gap shundaki, 22 yoshli sayyoh giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug‘ullangan. U Dubaydagi uyiga yaqin joyda qo‘lga olindi. Uning uyidan esa giyohvandlik moddalari topilgan.

Ofiserlar sayyohni tunda qo‘lga olishgan. Uning uyi tintuv qilinganida 8 ta mobil telefon ham topilgan. Bu uskunalar giyohvand modda sotuvi bilan shug‘ullanish uchun foydalanilgan.

Polisiyachilar tomonidan qo‘lga olingan britaniyalik yigit avvaliga giyohvand moddalarni qabul qilish va sotish aybini tan olgan bo‘lsa, keyinchalik sud jarayonida faqat qabul qilganini ma’lum qilib, giyohvand modda sotmaganini aytgan.

Shunga qaramay, Dubay sudi uni umrbod qamoq jazosiga tayinladi. Sudning bu hukmi norozi taraf arz qilgan holatda 15 kun ichida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay polisiyasi britaniyalik sayyohga umrbod qamoq jazosi tayinladi