Lemur o‘ziga o‘xshagan o‘yinchoqni ko‘rib, hayratdan ko‘zlarini katta ochdi

San-Fransisko hayvonot bog‘ida yashovchi Nil ismli Kokerel sifakasiga o‘ziga o‘xshash yumshoq o‘yinchoq sovg‘a qilindi. Jonivorning sovg‘ani ko‘rganidagi quvonchi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor qozondi.
Kadrda Nil o‘yinchoqni ko‘rishi bilan ko‘zlarini katta-katta ochib, uni mahkam quchoqlaydi. So‘ng yumshoq do‘stini qo‘yib yubormay, u bilan birga ko‘rpacha ustida dumalab, xursandchilik qiladi.
Hayvonot bog‘i ma’lumotiga ko‘ra, o‘yinchoqni unga parvarishlovchilaridan biri Lori sovg‘a qilgan. Video 12 noyabr kuni San-Fransisko hayvonot bog‘ining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil boshida Yaponiyada yashovchi Panch ismli makaka bolasi ham yumshoq o‘yinchoqqa bog‘lanib qolgani bilan internet foydalanuvchilarining mehrini qozongan edi. Onasi uni parvarishlamagach, hayvonot bog‘i xodimlari Panchga yumshoq orangutan o‘yinchog‘ini berishgan. Shundan so‘ng u o‘yinchoqni doim yonida olib yurishi va quchoqlashi aks etgan videolar orqali mashhur bo‘ldi.

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…