
Oq uy rasmiy vakili Shon Spayserning ma’lum qilishicha, Vashington Al-Qudsdagi al-Haram al-Quds ash-Sharif bilan bog‘liq keskin vaziyatdan tashvishda. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
«AQSh al-Haram al-Quds ash-Sharif bilan bog‘liq vaziyatdan juda tashvishda. Bu er – yahudiylar, musulmonlar va xristianlar uchun muqaddas joy bo‘lib, Qo‘shma Shtatlar Isroil va Iordaniyani muammoga echim topish uchun harakat qilishga chaqiradi. Bunda muqaddas joydagi xavfsizlikni ushlab turish birinchi o‘rinda turishi kerak», - dedi u.
Spayserning so‘zlariga ko‘ra, AQSh voqealar rivojini jiddiy ravishda kuzatib boradi.
Avvalroq Isroil polisiyasi Al-Aqsa masjidi imomiga jarohat etkazgani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar