Xuddi shu fakt bo‘yicha, Moskva prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Tergov ishlari Rossiya jinoyat majmuasining 116 bandiga asosan davom ettirilyapti. Polisiya mahkamasiga fojia sabablarini chuqur o‘rganib, aybdorga qonunga ko‘ra jazo choralari ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Tekshiruvlardan so‘ng shu narsa ma’lum bo‘ldiki, jurnalistni kaltaklagan shaxs futbol fanatlaridan biri edi. U Moskvaning SSKA futbol klubiga fanatlik qilgan. Ammo ancha oldin piyonistaligi va to‘polonchiligi tufayli fanatlar ro‘yxatidan chiqarilgan.
Voqea Moskvadagi M. Gorkiy nomli istirohat bog‘ida sodir bo‘ldi. «NTV» telekanali muxbiri Nikita Razvozjaev desantchilar kuniga bag‘ishlangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatuvni olib borayotgandi. Oldiga mast bir erkak yaqinlashib keldi-da, kurakda turmaydigan so‘zlar bilan muxbirni haqoratlay boshladi. Razvozjaev uni tinchlantirishga uringanda, yuzi aralash musht tushira ketdi. U Ukrainaga tegishli «Oplot» tashkiloti logotipi tushirilgan futbol maykasida ekani haqida xabar tarqatilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Oplot»ni Ukraina hukumati terror tashkiloti sifatida qabul qilgan. Sababi, bu tashkilotdagilar Donesk xalq respublikasini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»