09:03 / 10.08.2017
7 945

Yupiter ichida Er sayyorasiga o‘xshash sayyora borligi taxmin qilindi

Yupiter ichida Er sayyorasiga o‘xshash sayyora borligi taxmin qilindi
Yupiter ichida Erga juda ham o‘xshash bo‘lgan sayyora mavjud. Bunday fikrni 2016 yilgi koinot suratlarini rasshifrovka qilgan olimlar bildirdilar. Ushbu suratlar ulkan sayyoraga maksimal yaqinlasha olgan "Yunona" zondidan olingan.

Bu tahlil evaziga olimlar Yupiterning tashqi qatlami tashkil topgan oltingugurt va vodorod ostida o‘zining iliq yadrosiga ega bo‘lgan, tuzilishi bo‘yicha Erni eslatuvchi yana bitta samo jismi bo‘lishi mumkinligini o‘rnatdilar. Ichki sayyorada tirik jonzotlar va suv havzalari bo‘lishi ehtimoli mavjud. Biroq bular faqatgina taxminlardir, olimlar Yupiterni o‘rab turgan katta miqdordagi chang sababli uning batafsilroq suratlarini olisholmagan.

Ta’kidlanishicha, agar bu g‘oya haqiqat bo‘lib chiqsa, uning tasdig‘i uchun Yupiterda quduq burg‘ilab, uning ichidagi jismdan namunalar olishga to‘g‘ri keladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yupiter ichida Er sayyorasiga o‘xshash sayyora borligi taxmin qilindi