5 313
Eron AQShdan Iroq kimyoviy hujumlari qurbonlariga 245 mln dollar to‘lab berishni talab qildi
Eron sudi AQSh hukumati Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayn qo‘shinlari Eron-Iroq urushi vaqtida sodir etgan kimyoviy hujumlar uchun eronliklarga 245 mln dollar tovon puli to‘lab berishi kerakligi haqidagi qarorni chiqardi.
Kimyoviy qurol qo‘llangan holda amalga oshirilgan bombardimonlar vaqtida jabr ko‘rgan bir necha eronliklar sudga da’vo arizasi berdilar va sud 18 ta arizaga ko‘ra qaror chiqardi.
Ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi o‘zaro urush vaqtida Iroq tomondan kimyoviy qurol qo‘llanishi oqibatida o‘n minglab eronliklar jabr ko‘rgan. Hozirda 100 mingga yaqin odam o‘sha hujumlar oqibatida turli kasalliklardan aziyat chekib keladi. Tehron bunda Husayn tuzumini kimyoviy qurol bilan ta’minlab turgan AQSh va Germaniya, Italiya va Ispaniya kompaniyalarini ayblab keladi.
Eron va Iroq o‘rtasidagi 1980 yildan 1988 yilgacha davom etgan urush vaqtida millionga yaqin odam halok bo‘lgan. Bu urush Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik qurolli ixtilof bo‘lgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)