Bu Meksikada keyingi 30 yildan ortiq vaqt ichidagi eng halokatli zilzila bo‘ldi. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 200 nafardan oshdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Internetda tarqalgan videolarda odamlar qimirlashni boshlagan binolarni tashlab qochib chiqishi, binolar xuddi daraxtdek silkinishi, inshootlar yer ostiga kirib ketishini ko‘rish mumkin.
Mamlakatda favqulodda holat joriy etildi. Mexikoda xalqaro aeroport vaqtincha yopildi. Mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto Nyu-Yorkda davom etayotgan BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishidagi ishtirokini to‘xtatib, zudlik bilan Meksikaga qaytdi. Poytaxtga zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 3 ming nafar harbiy kiritildi.
Zilzila o‘chog‘i joylashgan Puebla shtati gubernatori Toni Galining ma’lum qilishicha, hududda bir necha binolar jiddiy zararlangan. Hududdagi barcha maktablar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.


Shaharda favqulodda rejim o‘rnatildi. Vayronalar ostidagi odamlarning ovozlarini eshitish uchun shovqin chiqarmaslik so‘ralmoqda.

Xarobalar ostida qolgan odamlarni qutqarish uchun yuzlab ko‘ngillilar ish boshladi.

Minglab kishilar binolar qulay boshlagach, ko‘chalarga qochib chiqdi.

Shaharda 3,5 mln kishi elektr tokidan uzildi, qutqaruvchilar gaz sizib chiqishidan ogohlantirmoqda va chekmaslikni so‘ramoqda.







Bu zilzila 32 yil oldin Meksikani vayron qilgan kuchli zilziladan keyingi eng yirik tabiiy ofat bo‘ldi. O‘shanda 10 ming kishi halok bo‘lgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar