
Kataloniya generaliteti (hukumati) rahbari Karles Puchdemon BBC telekanaliga bergan intervyusida yaqin kunlarda muxtoriyat mustaqilligini e’lon qilishini bildirdi, deb yozadi Kun nashri.
Puchdemonning so‘zlariga ko‘ra, hukumat «shu hafta oxirida yoki kelasi hafta boshida harakatini boshlaydi».
U Ispaniyaning Kataloniya hukumati ustidan nazoratni qo‘lga olishga urinishi ehtimolini sharhlar ekan, jeneralitet rahbari bu ish «hammasini o‘zgartirib yuboradigan xato» bo‘lishini aytdi.
Kataloniya mustaqilligiga doir referendum 1 oktyabrda bo‘lib o‘tdi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 90 foiz saylovchi mintaqaning Ispaniyadan ajralishini qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq, Ispaniya qiroli Filipp VI referendum natijasini tan olmagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar