
Yelizaveta II nabirasi shaxzoda Garrining suyuklisi, 36 yoshli aktrisa Megan Marklga himmat ko’rsatib, uni o’z qarorgohiga taklif qildi. Ma’lum qilinishicha, Megan va shaxzoda Garri saroygacha qora rangli Ford Galaxy avtomobilida yetib kelishgan.
Garri va Megan choy hamda qirolichaning sevimli shirinliklari bo’lmish kichik sendvichu kekslar bilan mehmon qilindi. “Meganning qirolicha tomonidan choy ichish uchun taklif etilishi, shuningdek Yelizaveta II ga tegishli kichkina mehmonxonaga olib kirilishi unga nisbatan alohida himmat ko’rsatilayotganini anglatadi” deydi xorijiy nashrlar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar