
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanalida chechenistonlik Amina Okuevaning Kiyevda o‘ldirilishiga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Daryo.uz.
«Ayiq qarshingda turganida uning izini qidirish kerak emas. Kiyevdagilar Nikiforovani o‘zining maxsus xizmatidagilar shafqatsizlarcha otib tashlaganini yaxshi bilishadi. Taras Bulbadan iqtibos keltirib aytganda, kim dunyoga keltirgan bo‘lsa, uning o‘zi o‘ldirdi», — deb yozadi Qodirov.
Shuningdek, u qotillik versiyalarini, jumladan, unga Rossiya maxsus xizmatlarining aloqasi borligini keskin tanqid qildi va «ukrain maxsus xizmatlarining quloqlari shu qadar uzunki ularni Natalya—Aminaning hech qanday ro‘moli bilan berkitib bo‘lmaydi», deya ta’kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar