00:17 / 09.11.2017
4 929

Sooronbay Jeenbekov parlament saylovlari o‘tkazilishi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi

Sooronbay Jeenbekov parlament saylovlari o‘tkazilishi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi
Qirg‘izistonning saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov RIA “Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida parlamentning muddatdan avval tarqatilishi va yangi parlament saylovlari o‘tkazilishining qanchalik maqsadga muvofiqligi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Parlamentning tarqatilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan biror siyosiy inqiroz alomatlari ko‘rinmayapti. Yangi parlament saylovlari o‘tkazish uchun jiddiy asoslar bo‘lishi kerak”, deb aytgan Jeenbekov.

U shuningdek dekabrdan kuchga kiruvchi, prezident vakolatlarini qisqartiruvchi konstitutsiyaga bir qator tuzatmalarga izoh berib o‘tdi va bosh vazir Sapar Isakov bilan birgalikda qanchalik ishlab keta olishlari haqidagi savolga javob berdi.

“Konstitutsiya bo‘yicha prezidentda vakolatlar talaygina. Davlat rahbaridan boshqa hech kim davlat organlari mustaqilligiga ziyon yetkazmagan holda ularning o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazifani bajara olmaydi. Tuzatmalar kuchli prezident, kuchli parlament, barqarorroq hukumat, mustaqil va avvalgidan ko‘ra mas’uliyatliroq sud tizimi bo‘lishiga qaratilgan”, deb aytdi Jeenbekov.

“Bizda kuchli jamoa bor. Qirg‘izistonning yangi hukumatida ko‘p yosh professionallar bor va ular jiddiy islohotlarni niyat qilganlar. Jamoamiz ishlashni biladi. Men bosh vazir bo‘lganimda, biz iqtisodiyotning 12 foizga o‘sishiga erisha olganmiz”, deb qo‘shimcha qildi Jeenbekov.

“Fikrimcha, Sapar Isakov bilan ham bir jamoa bo‘lib shunday muvaffaqiyatli ishlay olamiz. Yosh hukumat ayni vaqtda kuchli ko‘makka muhtoj. Agar prezident islohotlar kafili bo‘lsa, bosh vazir olg‘a intiltiruvchi kuch, motor bo‘lishi kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan Jeenbekov.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sooronbay Jeenbekov parlament saylovlari o‘tkazilishi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi