
Motosiklda sayr qilish juda qiziqarli mashg’ulot, agar yoningizda sizga hamrohlik qilayotgan yana 57 ta odam bo’lsa, ushbu jarayon yana ham qiziqarli tus olishi tayin.
Hindiston armiyasi motosiklchilar korpusi a’zolari bitta mototsiklda 58 ta odam birga yo’l bosib jahon rekordiga erishmoqchi bo’ldilar. Motosikl 58 nafar odam bilan 1200 metr masofani bosib o’ta olgan.
Ginnes rekordlari qoidalariga ko’ra guruh allaqachon ariza yozgan, rekord uchun zaruriy barcha talablarning amalga oshirilganiga doir tekshirishlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar