10:59 / 01.12.2017
6 604

Rim Papasi Ioann XXIII rostakam o‘zga sayyoralik bilan uchrashib gaplashgan ekan

Rim Papasi Ioann XXIII rostakam o‘zga sayyoralik bilan uchrashib gaplashgan ekan
Shu narsa tarix sahifasidan o‘rin olgan. Bunga o‘z davrida Rim Papasining kotibi hisoblangan Loris Kapovilla guvohlik qilgan.
— Bir kuni, — deb yozgandi kotib. — Italiyaning Kastel-Gandolfo shahridagi rezidensiyasi atrofida ikkimiz sayr qilib yurgandik. Bir mahal osmonu falakda xuddi oltinsimon, ko‘zni qamashtirar darajada yaltirab o‘zidan nur sochayotgan aura paydo bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, u portalga aylanib, ichidan juda ham go‘zal, ammo odamga o‘xshamas jonzot chiqib keldi. Bundan azbaroyi qo‘rqib ketgan Ioann va kotib baravar tiz cho‘kib duo o‘qishga tushishdi. Ular o‘shanda osmonu falakdan xudoning elchi farishtasi tushgan deb o‘ylashgandi. Go‘zal jonzot bo‘lsa, ularga «tur» ishorasini qildi va Rim Papasi bilan yakkama-yakka gaplashish niyati borligini bildirdi. Kotib darhol nari ketdi…

Suhbat taxminan yarim soat davom etdi. Shundan keyin go‘zal jonzot qaytadan portal ichkarisiga kirdi. Portal qaytadan yal-yal tovlanib turgan sirli auraga aylandi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Rim Papasi ortga qaytishgach, o‘zga sayyoralikning nimalar deganini kotibiga gapirib bergan ekan.

— Ollohning farzandlari falakning har burchagida bor, — degan ekan o‘zga sayyoralik. — Hayot koinotning har bir hududida mavjud. Biroq ularning hammasi ham Yer sayyorasidagi odamlarga do‘st bo‘la olmaydi…
Mana, oradan ancha yil o‘tdi. Ammo dunyoning manaman degan ufologlari ham Rim Papasi eshitib, kotibiga aytgan jumlalar mag‘izini chaqishga ojiz qolmoqda. Bu masaladagi izlanishlar, harakatlar zoye ketmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim Papasi Ioann XXIII rostakam o‘zga sayyoralik bilan uchrashib gaplashgan ekan