13:30 / 07.12.2017
6 912

Jahondagi eng yosh qirolicha qanday yashaydi?

Jahondagi eng yosh qirolicha qanday yashaydi?
Ayni paytda jahondagi eng yosh malika Butan qirolichasi – 27 yoshli Jetsun Pema Vangchuk hisoblanadi. Butan Xitoy va Hindiston o‘rtasida joylashgan qirollik bo‘lib, ko‘plab sayyohlar tashrif buyuruvchi davlat. Uni “Baxt qirolligi” deb ham atashadi.

Jetsun Pema Vangchuk 2011 yilda qirol Jigma Kxesar Namgyal Vangchukka turmushga chiqqach, qirolicha unvonini olgan. O‘shanda u 21 yoshdi bo‘lgan. Qirol Jetsunni ilk bora 7 yoshligida uchratgan.

Jetsun Pema Vangchuk Butandagi Trashinang shahri merining chevarasi bo‘lgan. Otasi taniqli uchuvchi bo‘lgan. Katta bobosi mamlakatning sharqiy provinsiyasi rahbari bo‘lgan.

Butanning sobiq qirollari ko‘p xotinlilik an’anasiga rioya qilishgan, ammo Jigma bu an’anani to‘xtatdi. U rasman ommaga Jetsun Pema Vangchuk uning yagona rafiqasi bo‘lib qolishini ma’lum qilgan.

Jetsun Pema Vangchuk 2016 yilda ilk farzandini dunyoga keltirgan. Jajji shahzodaning dunyoga kelishi munosabati bilan mamlakatda 108 mingta daraxt ko‘chatlari ekilgan.

Jetsun Pema Vangchuk Hindistonda san’atshunoslik bo‘yicha ta’lim olgan. Londonning “Regent’s College” kollejida esa “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishida o‘qigan. Malika o‘z ona tilidan tashqari, ingliz va hind tillarida erkin so‘zlasha oladi.

Jetsun Pema Vangchuk atrof-muhitni himoya qilish ishlarida ham faol ishtirok etadi. Shuningdek, yordamga muhtoj odamlarga ham ko‘mak berish ishlari bilan shug‘ullanadi. U bolalar bog‘chalari va maktablarga borib, bolalar bilan suhbat qurishga odatlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Hafiza
Hafiza 11 июля 2020 16:41
Bu malikaning hayiti meni juda qiziqtiradi. Ajoyib isʼtedodli ayol. Bu maqola juda yaxshi tuzilgan
Yangiliklar » Dunyo » Jahondagi eng yosh qirolicha qanday yashaydi?