AQShda sog‘liqni saqlash sohasida 150 million dollarlik firibgarlik fosh etildi. Bu haqda, Bruklin tuman prokurori Erik Gonsales xabar bergan. Bu ish bo‘yicha 20 kishi hibsga olingan va ularning orasida shifokorlar va xirurglar ham bor.
Politsiya ularni, kam ta’minlangan bruklinliklarning og‘ir ahvolidan foydalanib, Medicaid va Medicare davlat dasturidan o‘z maqsadlari yo‘lida mablag‘ o‘marganlikda ayblamoqda.
Qamoqqa olinganlarning ko‘pchiligining kelib chiqishi, sobiq ittifoq respublikalaridan bo‘lgan. Prokuratura bergan hamda ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu firibgarlik ishlariga, asli kelib chiqishi samarqandlik bo‘lgan, 35 yoshli Kristina Mirboboyeva rahbarlik qilgan.
Shahar va federal darajada o‘tkazilgan surishtiruv ishlarida aniqlanishicha, 2015 yilning 1 yanvaridan 2017 yilning 30 noyabrigacha bo‘lgan muddat davomida firibgarlar, kamida 146 million AQSh dollari miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘larini o‘zlashtirganlar.
Firibgarlikning mazmuni shundan iborat bo‘lganki, maxsus yollovchilar davlatdan ijtimoiy sug‘urta yordami olishi kerak bo‘lgan odamlarga 30-40 AQSh dollari taklif qilib, ularni sug‘urta pullarini olishga hamda firibgarlik ishlariga jalb qilingan klinikalarda tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ko‘ndirishgan. Bu klinikalar Bedford-Stayvesant, Shixsxed Bey, Kanarsi, Kreyvsend va Kraun-Xaytsda joylashgan bo‘lgan.
Davlat sug‘urtasiga ega bo‘lgan mijozning, ko‘rsatilgan klinikalardan biriga bir marta kelishi va o‘zi uchun kerak bo‘lmagan, 25-50 AQSh dollariga baholanadigan tibbiy amaliyotdan bir marta o‘tishi yetarli bo‘lgan. Keyinchalik bu mijozning sug‘urta polisidan, amalda ko‘rsatilmagan meditsina xizmatlari uchun ko‘p martalab pul yechilgan.
Gulflifestyle internet nashri xabariga ko‘ra, aldov yo‘li bilan olingan bu pullar dunyo bo‘ylab turli firmalarga ko‘chirilib, “yuvib” olingan.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda