AQShning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Keylin Boulin 8 yoshli o’g’lini 13 marotaba operatsiya qildirib, uning salomatligiga zarar yetkazgani uchun 10 yil qamoq jazosiga mahkum qilindi.
Ayolning turmush o’rtog’i so’zlariga qaraganda, farzandlari tug’ilgach, ona barchaga uning kasal ekanligini ta’kidlay boshlagan.
Vasiylik tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan tibbiy hujjatlarga ko’ra, ayol 7 yil davomida turli shifokorlarga 323 marta murojaat qilgan va har biriga o’g’lining o’layotgani haqida aytib borgan. Ayol farzandi Kristoferni saraton va kamyob irsiy kasalliklar bilan og’rigan bemorga sifatida umumiy hisobda 13 marotaba operatsiya qildirgan.
Shifokorlar Boulin boladagi o’zgarishlarni sun’iy ravishda qo’zg’atayotganini tahmin qilgan bo’lsalar-da, ushbu jarayonlar davomida bolakay ko’plab diagnostik jarayonlarni boshdan kechirgan va ular bolakay salomatligiga zarar yetkazmasdan qolmagan.
Ushbu yili Dallas shifoxonasi xodimi vasiylik tashkilotlariga bolada saraton ham, boshqa turdagi kasallik ham yo’q ekanligi haqida qat’iy ravishda ma’lumot yetkazgan.
Xabarda aytilishicha, aynan shu sabab ayol uch farzandi uchun ham onalik qilish huquqlaridan mosuvo bo’ldi. Ayni paytda ayol qamoqxonada saqlanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"