Odatda, psixologlar tajovuzkor zotli itlarni boqib olmaslikni tavsiya etishadi. AQShning Virjiniya shtatidagi Gudland shaharchasida bo‘lgan voqeani eshitganlar, psixologlarning bu gapini yana bir marta eslashgan bo‘lsa ajab emas.
Shaharchada yashovchi 22 yoshli Betani Linn Stivensning ikkita pitbul zotli iti bo‘lgan. U o‘z itlari bilan o‘rmonga sayr qilgani chiqqanida, itlari uni g‘ajib tashlagan. Betanining jasadini topib olishganida, qo‘llari, boshi va tanasining boshqa joylarida jarohatlar bo‘lgan.
Itlar uning bosh chanog‘ini bir necha joyidan tishlagan, bo‘ynini esa, butunlay g‘ajib tashlashgan. Itlari uning tanasining 60 joyiga jarohat yetkazishgan. Kiyimlari yirtilib, sochib tashlangan.
Itlar egasining jasadi oldida turib, ma’lum vaqt davomida jasadga hech kimni yaqinlashtirmagan. Mahalliy huquqni muhofaza qilishi organlari itlarni tutish uchun bir necha soat vaqt sarflashgan. Itlarning nima uchun bunday qilishganini hech kim bilmaydi.
Betani bu itlarni juda yoshligidan boshlab tarbiyalagan. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida, itlari bilan tushgan juda ko‘p suratlarini joylashtirgan.
Qarindoshlari va do‘stlari bu ishni uning itlari qilganiga ishonmayapti. Lekin, mutaxassislar Betaniga yetkazilgan jarohatlarni o‘rganib, bu ishni aynan itlar qilganini ta’kidlashmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi