7 181
Maktab o’quvchisi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan kobra chaqib olganda nima qilish kerakligini so’rab, javob kelgunicha vafot etdi
Indoneziyalik 14 yoshli Aril qo’lini uy kobrasining chaqib olganidan 12 soat o’tib vafot etdi. O’smir oxirgi daqiqalarga qadar shifokorga murojaat qilmay, ijtimoiy tarmoqlardagi do’tslarining javobini kutib o’tiravergan.
Xabarda aytilishicha, o’smir kobrani suratga olmoqchi bo’lganda ilon hujum qilishni boshlagan. Yigit esa shifokorga borish o’rniga ilon hamda yaralangan qo’lini suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan va do’stlaridan yordam so’ragan.
O’smir birinchi surat ostiga “Nima uchun yengil jilmayib qo’ymaslik kerak?”, arqon bilan bog’langan qo’li tasvirlangan ikkinchi surat ostiga esa “Hayot va o’lim orasida” deb izoh yozishni ham unutmagan.
Oradan biroz vaqt o’tgach, o’z sahifasiga “Agar kimdir o’zini mening do’stim deb hisoblasa, iltimos meni shifoxonaga olib boringlar” deb yozgan. Bir soatdan keyin Arilning do’stlaridan biri kelib, uni shifoxonaga yetkazgan, ammo ular juda kech qolgandilar. O’smir o’sha kuni kechqurun vafot etgan, yigitning onasi esa hodisa kuni ishda bo’lgan va o’g’lining holatidan bexabar qolib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi