12:29 / 23.12.2017
8 117

Hindistonlik kelin-kuyov to’y mehmonlaridan o’zlari uchun sovg’a emas, nogiron bolalar uchun kerakli buyumlar olib kelishlarini iltimos qilishdi

Hindistonlik kelin-kuyov to’y mehmonlaridan o’zlari uchun sovg’a emas, nogiron bolalar uchun kerakli buyumlar olib kelishlarini iltimos qilishdi
Har bir juftlik o’z to’yining butun umrga yodda qolarli bo’lishini orzu qiladi.

Hindistonlik Paloma Dutta va uning suygan yori Ved o’z nikoh to’ylarini o’zgacha tarzda o’tkazishga qaror qildilar. Ular istiqomat qiluvchi Guxavati manzili aholisi nogiron bolalarni hamisha qo’llab-quvvatlaydilar va har qachon ular uchun yordamga shay turishadi.

Biroq, juftlikning moliyaviy holati katta hayriya qilish imkonini bermaydi, shu sababli ular bolalar uchun mablag’ yig’ishning ajoyib usulini o’ylab topishdi.

Kelin-kuyov to’y mehmonlaridan faqatgina yaxshi duolar va agar istasalar nogiron bolalarga ko’mak beruvchi mahalliy tashkilot hisobiga o’tkaziluvchi mablag’ yoki sovg’a olib kelishlarini so’radilar.

Oliyhimmat juftlik va ularning sahiy yaqinlari sabab bolajonlar yangi kiyim-kechaklar, dori-darmon, o’yinchoq va boshqa turdagi zaruriy buyumlarga ega bo’lishdi. Biroq Paloma va Ved o’z ishini “dengizdan tomchi” deya atab, bundan ko’proq yordam bera olmasliklaridan afsusda ekanliklarini ham ma’lum qilishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik kelin-kuyov to’y mehmonlaridan o’zlari uchun sovg’a emas, nogiron bolalar uchun kerakli buyumlar olib kelishlarini iltimos qilishdi