13:00 / 28.12.2017
5 952

Ramzan Qodirovning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari nega bloklandi?

Ramzan Qodirovning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari nega bloklandi?
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov siyosatdan tashqari, ijtimoiy hayot tarzida ham faolligi bilan ajralib turadi. U turli ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, doimiy tarzda xalq bilan bevosita muloqotda bo‘ladi.

Ramzan Qodirovning Instagram va Facebook’dagi akkauntlari 23 dekabrdan bloklab qo‘yildi. Uning sahifasini qidiruvga berish chog‘ida, bunday profil o‘chirilganligi yoki bu amaliyot xato ekanligi elektron uskunalar ekranida paydo bo‘ladi.

Rossiya Ommaviy kommunikatsiya va aloqa vazirligi vaziri Nikolay Nikiforovning aytishicha, Qodirovning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari bloklanishiga uning siyosiy qarashlari sabab bo‘lgan.

Kommunikatsiyalar, axborot texnologiyalari va aloqa sohalarida nazorat o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi federal xizmat Instagram va Facebook kompaniyalariga vaziyat yuzasidan so‘rov yubordi.

Facebook rahbariyati Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning akkauntlarini AQShning sanksiya e’lon qilgan kishilari ro‘yxatiga kiritilganligi uchun bloklaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Vedomosti” gazetasi xabar berdi.

Ramzan Qodirovning akkauntlarida AQShning savdo-iqtisodiy sanksiyalari harakatlari tarqatilganligi tufayli Facebook akkauntlarni bekor qilish huquqiga egaligi ta’kidlanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirovning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari nega bloklandi?