Erondagi norozilik namoyishlarining oxirgi kunida ro‘y bergan to‘qnashuvlar oqibatida yana 10 kishi halok bo‘ldi va qurbonlar soni 12 nafarga yetdi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi xabarida aytilgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 31 dekabr kuni politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar vaqtida namoyishchilarning 10 nafar vakili halok bo‘ldi. Undan avvalroq, 30 dekabr kungi tartibsizliklar vaqtida ikki kishi o‘ldirilgandi.
Bundan tashqari, Eron rasmiy nashrlari mamlakat xavfsizlik kuchlari namoyishchilarning bir qancha harbiy bazalar va politsiya uchastkalariga hujumlarini to‘xtatib qolgani haqida yozmoqda. OAVning yozishicha, hujum qilgan namoyishchilar qurollangan edi.
Eronda norozilik aksiyalari o‘tgan haftaning juma kuni boshlandi. Avvaliga Mashhadda 200 kishi tuxum narxi keskin ko‘tarilishiga qarshi aksiya uyushtirgandi. Keyinroq mamlakatdagi iqtisodiy holat boshqa yirik shaharlarda ham norozilik namoyishlari boshlanishiga olib keldi.
Namoyishchilar, mamlakatning oliy rahbari - oyatulloh Ali Xomanaiyni hokimiyatdan ag‘darishni istamoqda. Mamlakat prezidenti fuqarolarni xotirjamlikka chaqirmoqda.
Eron parlamentining Tashqi siyosat va milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Alauddin Borujerdining aytishicha, norozilik aksiyalarini Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi tashkilotining dushmanlari tashqaridan turib qo‘llamoqda. «Namoyishchilar Islom inqilobi dushmanlari bo‘lgan tashqi kuchlar olib borgan ish mahsulidir», degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu tufayli namoyish qisqa vaqt ichida butun mamlakatni qamrab oldi.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi