Belarus prezidenti xokkey uchrashuvi vaqtida maydondan chetlatildi (video)

Belarus prezidenti xokkey uchrashuvi vaqtida maydondan chetlatildi (video)
BelarusBirlashgan Arab Amirliklari xokkey uchrashuvi tomoshabinlari antiqa holat guvohi bo‘ldilar. Uchrashuv vaqtida unda ishtirok etayotgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘yin qoidasini buzgani uchun maydondan 2 daqiqaga chetlatildi. Uchrashuv 12:7 hisobida Belarus foydasiga yakunlangan.

“Nasha Nіva” nashrining ma’lum qilishicha, Lukashenko maydon markazida shaybani o‘yinga kiritish vaqtida raqibi ustiga yiqilib tushgan. Uchrashuv hakamlari tribunalar kulgisi ostida Lukashenkoni 2 daqiqalik jarima bilan jazolab, maydondan chetlatishgan.

Ushbu videoga berilgan izohlarda foydalanuvchilar voqea go‘yoki sahnalashtirilgandek ko‘ringanini aytishgan. Ba’zilar esa hazillashib, prezidentni maydondan chetlatishga botina olgan hakam omon qolgani-yo‘qligi borasida qiziqishgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar