
Internetda Avstriyaning tog‘-chang‘i kurortlaridan birida, Yevropaga yopirilgan “Eleonora” qor bo‘roni vaqtida bir necha chang‘ichi osma yo‘l o‘rindiqlarida qolib ketgani videosi paydo bo‘ldi. Osma yo‘l o‘rindiqlari kuchli shamol oqibatida falokatli tarzda chayqalib turgan.
Facebook’da 3 yanvarda joylashtirilgan videoga berilgan izohda voqea Montafon vodiysidagi kurortda yuz bergani ma’lum qilingan. Biroq voqea vaqtida o‘rindiqlarda necha kishi bo‘lgani haqida hech narsa ma’lum qilinmagan.
Keyinroq chang‘ichilar tabiiy ofat vaqtida jabrlanishmagani va osma yo‘lni qutqaruvchilar yordamida tark eta olishgani ma’lum qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar