16:38 / 08.01.2018
4 400

Qodirov: “Yevropa “AQShning aqlini kiritish uchun” Rossiya bilan birlashishi kerak”

Qodirov: “Yevropa “AQShning aqlini kiritish uchun” Rossiya bilan birlashishi kerak”
Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov o‘zining Telegram-kanalida, “AQShning aqlini kiritish uchun” yevropaliklarni Rossiya bilan birlashishga chaqirdi.

Qodirovning fikriga ko‘ra, Vashington dunyoning turli burchaklarida ataylab “qaynoq nuqtalar”ni vujudga keltirib, “mojarolar olovini yoqadi”. U, AQSh hukumati bugungi kunda Suriya, Isroil va Eronda turli ziddiyatlarni keltirib chiqarayotganini aytgan.

Shuningdek, bunday ishlarni Ukraina, Gruziya va Iroqda amalga oshirganini ta’kidlagan.

Bu borada, Rossiya davlati yetakchisi har doim bir qutbli tuzumga qarshi chiqib kelganini qo‘shimcha qilgan.

Ramzon Qodirovning ishonch bildirishicha, “Yevropa fitnalarga birlashib qarshi chiqishdan qo‘rqmasligi kerak, aks holda ko‘plab, shu jumladan yevropa davlatlarida ham tartibsizliklar kelib chiqishi mumkin”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qodirov: “Yevropa “AQShning aqlini kiritish uchun” Rossiya bilan birlashishi kerak”