Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgani va tomonlar bir qancha kelishuvlarga erishgani haqida xabar bergan edik.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida Qozog‘iston 7,5 milliard dollarlik AQSh mahsulotlarini xarid qilishga tayyorligi to‘g‘risida bayonot berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp Qozog‘istonga mahsulotlarning eksport qilinishi, mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin bo‘lishini ta’kidlagan.
Qozog‘iston prezidenti Matbuot xizmatining xabar berishicha, Nazarboyevning AQShga tashrifi doirasida 20 dan ko‘p kelishuvlar imzolangan. Bu kelishuvlar investitsiya, savdo-iqtisodiy, aviatsiya va kosmik tadqiqotlar, nefteximiya va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorliklarni amalga oshirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, uchta hukumatlararo kelishuv: davlat havo kemalariga aeronavigatsion xizmatlar ko‘rsatishda to‘lovlar olmaslik, xalqaro soliq tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, Qozog‘iston hududidan tijoriy temir yo‘l transportini o‘tkazishni ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning bayonnomasidan iboratdir.
AQSh Davlat departamentining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tashrif davomida Boeing, GE Transportation, GE Digital, Chevron, Air Astana, “Qozog‘iston yo‘lovchilarni tashish” va boshqa kompaniyalar o‘rtasida imzolangan kelishuvlar natijasida AQShda 7 mingta ish o‘rni saqlab qolinadi.
2016 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,9 milliard dollarni tashkil etgan, har ikki tomon ham bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish kerakligini ta’kidlashgan.
Shu bilan birga, Nursulton Nazarboyev AQSh ishbilarmonlarini Qozog‘istonda faoliyat yuritishga taklif qilgan. Shuningdek, AQSh fuqarolari uchun viza bekor qilinganini qayd etgan. Ayni vaqtda, mamlakatda 11 ta maxsus iqtisodiy va 22 ta industrial hududlar faoliyat ko‘rsatayotganini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi