
Sayyoramizning eng keksa erkagi Fransisko Nunes Olivera 113 yoshida olamdan ko’z yumdi.
Xabarda aytilishicha, Olivera Ispaniyadagi uyida, yaqinlari va oila a’zolari qurshovida jon bergan. U hayotining so’nggi kunlariga qadar o’zini tetik tutgan, badantarbiya bilan shug’ullangan, chevaralari bilan birga o’ynagan va tomorqa ishlari bilan band bo’lgan.
Erkakning ortidan 4 farzandi, 10 nabirasi va 15 ta chevarasi qoldi. Uning rafiqasi esa 1988 yili olamdan ko’z yumgan edi.
Eslatib o’tamiz, ispaniyalik erkak 2017 yili 113 yoshli Israel Krishtal vafotidan so’ng dunyoning eng keksa erkagi bo’lib qolgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar