23:50 / 06.02.2018
5 199

O‘zbekistonning 30 kunlik vizasiz rejim to‘g‘risidagi qarori Turkiyada olqishlanmoqda

O‘zbekistonning 30 kunlik vizasiz rejim to‘g‘risidagi qarori Turkiyada olqishlanmoqda
O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni Turkiya ijtimoiy-siyosiy, ekspert va ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zining ijobiy aks-sadosini berdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar qilmoqda.

Agentlikning bildirishicha, Turkiyaning deyarli barcha nufuzli ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, TRT davlat teleradiokompaniyasi, "Anadolu" axborot agentligi, "Hurriyet", "Milliyet", "Memleket", "Sabah" singari ommabop gazetalari sahifalari hamda boshqa nashrlarda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan tashlangan bu qadam ikki davlat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga salmoqli turtki berishi qayd etilgan.

"Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a’zolari uchun ham 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilangan", deb yozadi turk ommaviy axborot vositalari.

AnkaSAM strategik tahlil markazining direktori Mehmet Seyfitdin Erol mazkur yangilikni sharhlar ekan, O‘zbekiston yetakchisining ushbu qarorini dadil qadam, deya ta’rifladi. "Ekspertning fikr bildirishicha, bu hujjat o‘zining amaliy mohiyati bilan ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan tarixiy ahamiyatga molik bo‘lgani holda sayyohlar va ishbilarmonlar oqimini bir necha karra ko‘paytirish hamda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasini yanada oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga binoan, joriy yil 10 fevraldan e’tiboran yetti mamlakat, jumladan, Turkiya fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonning 30 kunlik vizasiz rejim to‘g‘risidagi qarori Turkiyada olqishlanmoqda