22:53 / 16.02.2018
5 207

Kanalizatsiya qudug‘iga yiqilgan erkak 3 kun yer tagida qolib ketdi

Kanalizatsiya qudug‘iga yiqilgan erkak 3 kun yer tagida qolib ketdi
Buyuk Britaniyaning London shahri chekkasida kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketib, uch kun yuqoriga chiqa olmagan odam qutqarildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Yer tagidan baqirayotgan odam ovozini eshitgan mahalliy aholi zudlik bilan shoshilinch xizmatga qo‘ng‘iroq qilishdi. Politsiyachilar kanalizatsiya lyukini ochib, jabrlangan erkakni yuqoriga chiqarishdi.

“Erkak loyga botgan, hatto oyog‘ida poyabzali ham yo‘q edi”, dedi voqeaga guvoh bo‘lgan ayollardan biri. 48 yoshli erkakning aytishicha, u ochiq turgan lyukka tushib ketgan. Yuqoriga ko‘tarilishning ilojini topolmagach, boshqa chiqish eshigini qidirgan. U uch kun mobaynida yer tagida o‘n kilometr yo‘l bosgan.

London shahar kanalizatsiyasiga javobgar bo‘lgan Thames Water kompaniyasi vakillari erkakning so‘zlariga shubha qilmoqda. Ularning fikricha, erkak qutqarilgan joyidan bir yarim kilometr uzoqlikda bo‘lgan oqava suv quvuri orqali kanalizatsiyaga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanalizatsiya qudug‘iga yiqilgan erkak 3 kun yer tagida qolib ketdi