Qachonlardir dunyoning eng og‘ir vaznli kishisi sayr qilish haqida orzu qilmoqda

2 daqiqa o'qish5.7K
Qachonlardir dunyoning eng og‘ir vaznli kishisi sayr qilish haqida orzu qilmoqda
250 kilogrammdan xalos bo‘lgan meksikalik Xuan Pedro Franko qachonlardir dunyoning eng og‘ir vaznli kishisi bo‘lgan. 2016 yilning oktyabrida 595 kilogramm vaznga yetgan Xuan Pedro Ginnesning Rekordlar kitobiga dunyoning eng og‘ir vaznli kishisi sifatida kiritilgan.

U vaqtlar yigit to‘shakka to‘liq mixlangan bo‘lgan, diabet va yuqori qon bosimidan aziyat chekkan, nafas olishga qiynalgan. Shifokorlar u ozishga harakat qilmasa, hayoti xavf ostida qolishidan ogohlantirishgan. Shundan keyin Franko oshqozonini operatsiya qildirishga qaror qilgan.

U onasi bilan Aguaskalyentes shtatidan g‘arbiy Gvardalaxaru shtatiga ko‘chib o‘tgan. Zero, u yerda jarroh Xose Antonio Kastenadaning barcha sharoitlarga ega klinikasi bo‘lgan.

Kastaneda gipotireozdan aziyat chekvuchi Frankoni olti oy davomida O‘rta yer dengizining juda qat’iy parheziga rioya qilishini nazoratga oldi.

2017 yilning may oyida ilk operatsiya o‘tkazildi: oshqozon hajmi 80 foizga qisqartirildi. Olti oydan so‘ng oshqozonda yana bir jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi. Ichaklar faoliyati ham izga solindi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, u paytlar Franko zo‘rg‘a harakatlangan va yagona yo‘l - uning oshqozoni hajmini qisqartirish bo‘lgan.

Hozir 33 yoshli Franko 345 kilogramm. Kastenada yaqin yarim yilda u yana 100 kilogramm yo‘qotishiga umid qilmoqda.

U hanuz kislorod naychasiga ulangan, shunday bo‘lsa-da, to‘shakda borgan sari kamroq vaqtini o‘tkazmoqda. U ko‘p yillar ichida birinchi marta tayanch qurilma yordamida qadam qo‘yishning uddasidan chiqdi. Endi u bir orzu bilan yashamoqda: “Men yana mustaqil sayr qilmoqchiman”. Ancha yillardan beri quyosh ko‘rmaganiga Frankoning terisi rangi - haddan tashqari oq.

U ba’zan oila byudjetiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida sotish uchun sharf to‘qiydi, shirinliklar tayyorlashga yordam beradi. Bo‘sh vaqtida qo‘shiq kuylash va gitara chalishni yaxshi ko‘radi. Biroq aksariyat vaqtini jismoniy mashqlarga sarflaydi.

“Men juda baxtiyorman, chunki hammasi yaxshi ketmoqda”, - deydi u AFP'ga bergan intervyusida.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Franko mustaqil oyoqqa turish va sog‘lom turmush tarziga qaytish uchun astoyidil harakat qilmoqda, u hayotga juda ijobiy munosabatda. “Biz uning hayotini saqlab qolmoqchimiz va u to‘liq xavf guruhidan chiqishi uchun hushyor turishimiz lozim”, - deyishmoqda shifokorlar.

BMT va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Lotin Amerikasi va Karib havzasida yashovchi odamlarning 58 foizi ortiqcha vaznga ega.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?