
Tabiat g‘ayrioddiy va hech qayerda uchramaydigan hodisalarni namoyon qilib, insoniyatni hayratda solishdan to‘xtamaydi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Fevral oyida Tinch okeanining janubiy qismida kuchli “Gita” to‘foni paydo bo‘lgan edi. Kuchli shamol va yog‘ingarchilik Yangi Zelandiyadagi ko‘plab bino va inshoatlarni, elektr liniyalarini ishdan chiqarib, ba’zi joylarda suv toshqini yuzaga kelgan edi.
Dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan Kenterber tekisligida esa haqiqiy tosh oqimi paydo bo‘ldi. Tosh xuddi daryo suvini eslatib oqa boshladi. Toshlardan iborat oqim yo‘lni kesib o‘tib, 8 ta fermer xo‘jaligini qo‘shni shahardan ajratib qo‘ydi.
Mazkur tabiat hodisasini ushbu HAVOLA orqali ko‘rish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar