
AQSH Davlat departamenti “Tahriki tolibon Pokiston” guruhi rahbari mulla Fazlulla qo‘lga olinishiga olib keladigan ma’lumot uchun 5 million dollar miqdorida mukofot va’da qildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Mulla Fazlulla Pokiston toliblarining eng taniqli va qidirilayotgan yetakchilaridan biri bo‘lib, u 2015 yili AQSH tomonidan terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgandi.
Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar siyosiy mahkamasi 8 mart, payshanba kuni tarqatgan bayonotda “Tahriki tolibon Pokiston” bilan bog‘liq ikki guruh yetakchilari — Abdulla Vali (“Jamoat ul-Ahror”) va Mangala Bagx (“Lashkari islom”) tutib berilgani uchun 3 million dollardan berilishi bildirildi.
Davlat departamentiga ko‘ra, mazkur yetakchilarning har biri “AQSH va uning fuqarolari xavfsizligiga tahdid soladigan terrorizm aktlarini amalga oshirgan”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar