
2018 yilni Qozog‘istonda "O‘zbekiston yili" deb e’lon qilingani haqida oldin xabar bergan edik.
«O‘zbeklar — bizga yaqin, birodarlarimiz, qo‘shnilarimiz. O‘zbekiston — Markaziy Osiyodagi ulkan mamlakat, bu o‘lka bilan munosabatlar hamisha muhim va foydalidir. Keyingi yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili va O‘zbekistonda Qozog‘iston yili bo‘ladi», — degan edi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublika televideniyesida efirga uzatilgan qozog‘istonlik jurnalistlar bilan uchrashuvida.
Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Telegram’dagi rasmiy kanalida qozog‘istonliklarning O‘zbekistonga munosabatlari haqidagi VIDEO joylandi.
Unda qozog‘istonliklar qo‘shni davlat haqida nima bilishlarini va o‘zbek taomi haqida so‘zladilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar