Afg‘onistondagi IShID faoliyati va ularning a’zolariga oid ma’lumotlar bo‘rttirilgan. Ularning soni hozirda 2 ming kishidan kam. Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida xalqaro konferensiyada qilgan ma’ruzasida shu haqda ma’lum qildi.
“Afg‘onistondagi IShID faoliyati haqida turli xabarlar mavjud. Ularning ayrimlari bo‘rttirilgan. Bugungi kunda Afg‘onistondagi IShID jangarilari soni 2000 kishiga yetmaydi. Afg‘oniston kuchlari hamkor davlatlar bilan birgalikda IShIDga a’zo 1000ga yaqin jangarini yo‘q qilishga erishdi. Bizda jangarilarga qarshi kurashish borasida siyosiy iroda yetarli va kuchli. Shunday ekan, global maydonda biz bunday tahdidga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak”, - dedi Afg‘oniston prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Xalqaro Forumlar saroyida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan o‘z ishini davom ettirmoqda. Uning ochilish marosimida O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasidan so‘ng, Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani nutq so‘zladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi