00:24 / 28.03.2018
4 758

Bastrikin: “Zimnyaya vishnya”dagi xodimlar bolalarni yong‘in vaqtida tashlab qochishgan

Bastrikin: “Zimnyaya vishnya”dagi xodimlar bolalarni yong‘in vaqtida tashlab qochishgan
Kemerovoda ko‘plab qurbonlarga olib kelgan yong‘in yuz bergan “Zimnyaya vishnya” savdo markazida ishlovchi xodimlar yong‘in chiqqan vaqtda u yerga tashrif buyurgan bolalar va ota-onalarni tashlab binodan qochib chiqishgan. Jumladan, odamlar kinozallarda yopiq holda qolib ketganlar. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga uning Kemerovoga tashrifi vaqtida Rossiya tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin ma’lum qilgan.

Bastrikinning aytishicha, markazda shuningdek 19 martdan beri signalizatsiya ishlamagan. U fojianing ehtimoliy sabablari orasida elektr simlarning qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in chiqqan bo‘lishi mumkinligini aytgan. “Yoki bu biz eng kam ishonayotgan faraz – ochiq olovni qo‘llash bo‘lishi mumkin”, deb aytgan Bastrikin.

Tergov qo‘mitasi rahbarining aytishicha, ayni vaqtda tergov savdo markazi ma’muriyati orasidan aybdorlarni, binodagi xavfsizlikka javob bergan va kinozallardagi eshiklarni yopib qo‘yganlarni aniqlashtirmoqda.

Avvalroq tergov doirasida 5 kishi, jumladan yong‘in vaqtida yong‘in signalizatsiyasini o‘chirib qo‘ygan qo‘riqchi ushlangani ma’lum qilingandi.

“Xodimlarning asosiy qismi qochgan. Ular bolalar va ota-onalarni o‘z holiga tashlab ketganlar. Xavfsizlikka, evakuatsiyaga javob bergan ishchilarning o‘zi birinchi bo‘lib qochib qolgan. U yerda savdo markazi xodimlari orasidan deyarli birorta qurbon yo‘q”, deb ta’kidlab o‘tgan Bastrikin.

Oxirgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 25 martda yuz bergan yong‘inda 64 kishi, jumladan 41 bola halok bo‘lgan. Ayni vaqtda 25 qurbonning shaxsi o‘rnatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bastrikin: “Zimnyaya vishnya”dagi xodimlar bolalarni yong‘in vaqtida tashlab qochishgan