17:04 / 30.04.2018
5 819

To‘yiga 3 kun qolganda bosqinchilik qilib qo‘lga tushgan "kuyov" (video)

Тўйига 3 кун қолганда босқинчилик қилиб қўлга тушган "куёв" (видео)
Tungi soat taxminan 3:30 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan biriga uch nafar noma’lum shaxslar qo‘rollangan va yuzlarini niqob bilan berkitgan holda bostirib kiradilar.

Toshkent shahar IIBB 102 xizmat raqam xizmatiga kelib tushgan xabar aososida tergov tezkor guruhi voqea joyiga yetib bordi.

"Uch nafar noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda uy egasi Ahmedovaga zo‘rlik ishlatib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgan paytda uning turmush o‘rtog‘i Salayevga pnevmatik qo‘rol ishlatilgan holda uyda bo‘lgan 3 mln 668 ming so‘mlik tovar moddiy boylikni bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashirinishgan", - deydi Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Murodjon Sodiqov.

Jinoyatchilar o‘z harakatlarini puxta uylagan reja asosida amalga oshirishgan, ammo ular xonadon atrofiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasini inobatga olmagan edi.

Guruh a’zolari yosh bo‘lishiga qaramay ikkinchi marotaba jinoyat sodir etishmoqda. Ilgari ham bosqinchilik bilan qo‘lga tushib, jazoni o‘tab qaytgan Ilhom Izzatullayevning ozodlikdagi hayoti 5 oygina davom etdi. Nikoh to‘yiga 3 kun qolganda sheriklarining oson pul topish taklifi uning nafsini qitiqladi va jinoyat yo‘liga boshladi.

Bosqinchilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruhning 5 nafar a’zosiga hukm o‘qildi. Sud hukmiga ko‘ra Izzatullayev Ilhomga 11 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jinoiy guruhning qolgan a’zolari ham sud hukmi bilan 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

E’tiboringizga O‘zMTRK ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavhani HAVOLA etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘yiga 3 kun qolganda bosqinchilik qilib qo‘lga tushgan "kuyov" (video)