
15 may kuni AQSh hukumatining «Grin kard» yoki «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» lotereyasi natijalari e’lon qilindi, deb yozadi UZ24.
Chikago (AQSh)da «Grin-kard» natijalarini 15 may kuni ertalab 11:00 dan, Nyu-Yorkda 12:00 dan, Toshkentda 21:00 dan boshlab tekshirish mumkin.
Qatnashchilar o‘zlarining arizalari ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi qog‘ozlaridan foydalanib, natijalarni https://www.dvlottery.state.gov/ saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi raqam (kod), familiya va tug‘ilgan yili haqidagi ma’lumotlarni kiritish orqali tekshirishi mumkin.
DV-2019 uchun elektron ariza topshirish davri 2017 yil 18 oktyabrda boshlanib 2017 yil 22 noyabrda tugagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar