AQShning Nyu-Jersi shtatidagi imkoniyati cheklangan bolalar maktabida ko‘p yillar davomida ishlagan o‘qituvchi ayol Jeneveva Via Kava o‘z umri davomida kattagina boylik jamg‘argani, 2011 yilda vafot etgach, qariyb 1 million dollarlik jamg‘armasini imkoniyati cheklangan o‘quvchilariga vasiyat qilib qoldirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
Vasiyatnoma shartlariga ko‘ra, 2019—2020 o‘quv yilidan boshlab, o‘qishni kollejda davom ettirish istagidagi bir nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchi 25 ming dollargacha miqdorda stipendiyani qo‘lga kiritadi.
Mablag‘ maxsus jamg‘armada saqlanib, bunday stipendiyalarni ko‘p yillar davomida berib borish uchun yetadi.
Via Kavaning o‘z farzandlari bo‘lmagan, u hayotining katta qismini o‘zi ishlaydigan maktabga va imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga bag‘ishlagan. U o‘z o‘quvchilariga ularning maktab davrida ham, maktabni bitirgandan keyingi hayotida ham doim ko‘mak berib, qo‘llab-quvvatlab kelgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi