
Fransiya poytaxti Parij shahridagi auksionda noyob xitoy vazasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Uning savdosi rekord darajani qayd etgan.
Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan vaza 18-asrda Xitoyda yasalgan. U Xitoy imperatori – sulolaning oltinchi vakili Syanlun uchun maxsus tayorlangan. Uning o‘ziga xosligi esa chinnida g‘arbning badiiy texnikasi va an’anaviy chiziqlardan foydalanilgan. Unda qarag‘ay daraxti tasviri va xitoyliklar tomonidan uzoq umr ramzi sanaladaigan ba’zi ramzlar bor. Chinni buyum fransuz qishloqlaridan birida uyning shift qismidan tasodifan topilgan.
Mazkur topilma, ayniqsa, kolleksionerlar orasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Xitoy vazasi 827,000 AQSh dollari miqdorida baholangan. Xaridorning kimligi oshkor qilingani yo‘q. Bu narx esa chinni biyumlar savdosi uchun rekord daraja deya baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar