
Indoneziyada bir erkak onasining dafn marosimida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz ma’lum qildi.
Dafn marosimida bir necha erkak marhumaning tobutini yog‘och zina orqali maxsus supaga ko‘tarishayotganda, omonatgina zina buzilib, odamlar pastga tobut bilan birga yiqilib tushishgan. Tobut marhumaning 40 yoshli o‘g‘li ustiga tushgan.
Erkakning hayotini qutqarib qolishga urinishlar foyda bermadi. U shifoxonaga yetmay jon bergan. Voqea oqibatida yana bir necha kishi jarohat olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing