21:00 / 18.06.2018
3 665

Yaponiyada zilzila oqibatida 349 kishi jarohat oldi

Yaponiyada zilzila oqibatida 349 kishi jarohat oldi
Yaponiyaning Osaka va Xiogo prefekturalarida yuz bergan yer silkinishi oqibatida jarohat olganlar soni 349 kishiga yetdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Shuningdek, uch kishi halok bo‘lgani, ular orasida 9 yoshli qizcha va ikki erkak borligi xabar qilingan.

6,1 magnitudali zilzila 18 iyun kuni sodir bo‘ldi. Uning markazi prefektura shimolida joylashgan. Takatsuki shahrida yer silkinishi uyda yong‘in keltirib chiqardi. Bir nechta shaharlarda binolarga zarar yetgani xabar berilgan, temir yo‘l harakati ham izdan chiqqan.

Foto: Darley Shen
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada zilzila oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada zilzila oqibatida 349 kishi jarohat oldi